Özbekça klaviatura
● macOS · Windows · Linux

Yangi özbek alifbosini
oddiy klaviaturada yozing

Ö, Ğ, Ş, Ç va ʼ harflari uçun klaviatura. Odatiy US QWERTY, faqat ⌥ Option yoki öng Alt bilan beş harf qöşiladi.

⌥ Option yoki öng Alt + belgilangan tugma

Odatiy klaviatura

Asosi US QWERTY. Siz bilgan tugmalar özgarmaydi, faqat beş harf qöşiladi.

Fonda dastur yöq

Bu tizimning öz klaviatura fayli. Heç narsa işlab turmaydi, internet kerak emas.

Bitta buyruq bilan

macOS, Windows va Linux uçun. Bepul va oçiq kodli, MIT litsenziyasi.

Qanday yoziladi

Harf tugmasini ⌥ Option (macOS) yoki öng Alt (Windows, Linux) bilan birga bosing.

HarfmacOSWindows / Linux
ö Ö⌥ Oöng Alt O
ğ Ğ⌥ Göng Alt G
ş Ş⌥ Söng Alt S
ç Ç⌥ Cöng Alt C
ʼ⌥ 'öng Alt '

Katta harf uçun ⇧ Shift ni ham bosing. Windowsda öng Alt örniga Ctrl + Alt ham işlaydi.

Örnatiş

Tizimingizni tanlang. Eng oson yöli: bitta buyruq.

Tez usul

    Qanday öçiriladi?

    Öçirgandan söng tizimdan çiqib qayta kiring.

    Yoki faylni yuklab oling

    Örnatgandan söng tizimdan çiqib qayta kiring.

    Kirill ↔ Lotin ↔ Yangi lotin konvertori

    Matnni kirilldan lotinga, lotindan yangi alifboga yoki teskarisiga bir zumda ögiring. Bepul, röyxatdan ötiş şart emas, matningiz heç qayerga yuborilmaydi.

    Köp beriladigan savollar

    Yangi alifbo, konvertor va klaviatura haqida.

    Yangi özbek lotin alifbosi nima?

    Yangi alifbo loyihasida oʻ, gʻ, sh va ch örniga bitta belgili ö, ğ, ş va ç harflari taklif qilingan. Masalan: «Oʻzbekiston» → «Özbekiston», «shahar» → «şahar», «choy» → «çoy».

    Kirill matnni lotinga qanday ögiraman?

    Yuqoridagi konvertorda çap tomonda Kirill ni, öng tomonda Lotin yoki Yangi lotin ni tanlang va matnni qöying. Natija darhol çiqadi, uni bir tugma bilan nusxalaş mumkin. Teskarisi, yaʼni lotindan kirillga ögiriş ham işlaydi.

    Oʻ va gʻ ni oddiy apostrof bilan (o', g') yozsam böladimi?

    Ha. Konvertor o', g', oʻ, o‘, o’ kabi barça apostrof turlarini tuşunadi va ularni tögri harfga aylantiradi.

    Ö, ğ, ş, ç harflarini kompyuterda qanday yozaman?

    Bu saytdagi klaviaturani örnating. Keyin harf tugmasini ⌥ Option (macOS) yoki öng tarafdagi Alt (Windows, Linux) bilan birga bosing: ⌥ O → ö, ⌥ G → ğ, ⌥ S → ş, ⌥ C → ç.

    Telefonda işlaydimi?

    Klaviatura kompyuterlar uçun: macOS, Windows va Linux. Konvertor esa telefon brauzerida ham işlaydi.

    Bu bepulmi?

    Ha, butunlay bepul va oçiq kodli (MIT litsenziyasi). Matningiz heç qayerga yuborilmaydi, ögiriş brauzerning özida bajariladi.